“Digital acceleration” dasturi
NIZOMI

1.Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu nizom Namangan viloyati, Kosonsoy tumanining Obodon va Xonqoʻrgʻon mahallalari va Yangiqoʻrgʻon tumanining Qayroqi va Doʻstlik mahallalari, Andijon viloyati, Marhamat tumanining Yo’lamatol va Qorabogʻich mahallalaridagi 18-30 yosh oraligʻidagi yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish “Digital acceleration” dasturini (keyingi oʻrinlarda — dastur) oʻtkazish tartibi va reglamentini belgilaydi.
1.2. Namangan viloyati, Kosonsoy tumanining Obodon va Xonqoʻrgʻon mahallalari va Yangiqoʻrgʻon tumanining Qayroqi va Doʻstlik mahallalari, Andijon viloyati, Marhamat tumanining Yo’lamatol va Qorabogʻich mahallalaridagi 18-30 yosh oraligʻidagi oʻgʻil-qizlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish dasturini oʻtkazish uchun UNFPA Uzbekistan, (The United Nations Secretary-Generalʼs Peacebuilding) va Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi (keyingi oʻrinlarda – tashkilotchilar) tanlovga tayyorgarlik koʻradi va uni oʻtkazadi.
1.3. Tashkilotchilar qarori bilan tanlovning tashkiliy qoʻmitasi muvaffaqiyatli yoshlar vakillari, SMM, Dizayn va IT sohalari boʻyicha mutaxassislar va faxriy xodimlardan tuzilishi mumkin.
1.4. Dasturning tashkiliy qoʻmitasi vazifalariga quyidagi masalalar kiradi:
- dasturning barcha bosqichlarini oʻtkazish;
- dastur finalida ishtirokchilar tarkibini shakllantirish;
- dasturga koʻmaklashish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
- dasturni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa vazifalar.
1.5. Dastur toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tashkilotchilarning va ishtirokchi tomonlarning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.

2. Maqsad va vazifalar.
2.1. Dasturning asosiy maqsadi:
- yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish uchun auditoriya jalb qilish;
- yoshlarni zamonaviy kasblarni oʻrganishga faollik darajasini oshirish;
- ayol-qizlar oʻrtasida zamonaviy kasblar ekotizimini rivojlantirish;
- dastur ishtirokchilari orasida ayol-qizlarning 50 foizdan kam boʻlmasligini taʼminlash;
2.2. Tanlovning asosiy vazifalari:
- chekka hududlarda zamonaviy kasblar sohasini rivojlantirish;
- chekka hududlardagi yoshlarni zamonaviy kasblarni oʻrganishga jalb qilish;

3. Dasturni tashkil etish, asosiy bosqichlari, oʻtkazilish joyi va vaqti.
3.1. Dasturda Namangan viloyati, Kosonsoy tumanining Obodon va Xonqoʻrgʻon mahallalari va Yangiqoʻrgʻon tumanining Qayroqi va Doʻstlik mahallalari, Andijon viloyati, Marhamat tumanining Yo‘lamatol va Qorabogʻich mahallalaridan 3 nafardan 18-30 yosh oraligʻidagi 18 nafar oʻgʻil-qizlarni tanlab olinadi va guruhlarga boʻlingan holda zamonaviy kasblar oʻrgatiladi.
3.2. Darslarni oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar darslar boshlanishidan kamida 10 kun oldin ishtirokchilarga yetkaziladi.

4. Ishtirok etish shartlari.
4.1. Dasturda Namangan viloyati, Kosonsoy tumanining Obodon va Xonqoʻrgʻon mahallalari va Yangiqoʻrgʻon tumanining Qayroqi va Doʻstlik mahallalari, Andijon viloyati, Marhamat tumanining Yo‘lamatol va Qorabogʻich mahallalaridagi 18-30 yosh oraligʻidagi oʻgʻil-qizlar ishtirok etishlari mumkin;
4.2. Dasturda ishtirok etish bepul;
4.3. Dasturda ishtirok etish uchun mazkur Nizom bilan hamda tanlovning www.digitalacceleration.uz veb-saytida, shuningdek, tanlov tashkilotchilari va hamkor tashkilotlarining veb-saytida joylashtirilgan ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar hamda ishtirok etish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishib chiqishlari lozim.
4.4. Ishtirokchi ariza formasini onlayn ravishda toʻldiradi (masalan www.digitalacceleration.uz saytida) va dasturning veb-sayti orqali oʻzi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etadi. Ariza shaklining majburiy toʻldirish uchun barcha maydonlari toʻldirilgan boʻlishi lozim, aks holda arizalar koʻrib chiqilmaydi va qabul qilinmaydi;
4.5. Arizada oʻzi haqida maʼlumotlar, dasturda ishtirok etish uchun maqsadlar va ehtiyojlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim;
4.6. Arizada taqdim etilgan axborot toʻliq, aniq va ishonchli boʻlishi kerak;
4.7. Dasturida ishtirok etish bosqichida arizani rad etish yoki uning bekor qilinishi uchun asos – ushbu Nizomning 4.4. va 4.5., 4.6.-bandlarining buzilishidir. Ushbu Nizomda qayd etilgan ishtirok etish qoidalarini buzuvchi ishtirokchilar (masalan, onlayn tadbirlarga qatnashmaslik, vazifalarni tizimli bajarmaslik dasturni amalga oshirish jadvaliga rioya etilmasligi, tahdid qiluvchi, nafaqat bildirishi yoki boshqa sabablar bilan tahqirlashi mumkin boʻlgan harakat) dasturida ishtirok etishdan chiqarib yuborilishi mumkin;
4.8. Arizalar oʻzbek tilida qabul qilinadi.
4.9. Ishtirokchiga qoʻyiladigan asosiy talablar:
4.9.1. Dasturda ishtirok etish uchun haftasiga kamida 40 soat ajratish imkoniyati mavjud boʻlishi kerak.
4.10. Dastur ishtirokchilaridan ochiqlik talab qilinadi, barcha oflayn/onlayn tadbirlarda maksimal jalb qilish va faol ishtirok etish, dasturda bilim olish boʻyicha jadal va mustaqil ishlarga tayyor boʻlish, oʻzining harakatlariga javobgarlik, oʻz fikrlash ochiqligi va kreativ yondashuvga, natija va maqsadga erishishga qaratilgan boʻlishi kerak.
4.11. Ishtirokchilar (mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan) barqaror internet, onlayn videokonferensiyalar va dasturda toʻliq ishtirok etish uchun zarur gadjet/uskunalar (kompyuter, noutbuk, telefon va boshqalar) uchun yetarli tezlik bilan taʼminlashlari lozim.

5. Dasturni oʻtkazish tartibi va shartlari.
5.1. Dasturning umumiy muddati arizalar qabul qilingan kundan boshlab tanlov tugaguniga qadar 1 oy (2023yil oktyabr oyidan noyabrgacha)
5.2. Tanlovning birinchi bosqichida 7 kun muddatda arizalar qabul qilinadi (Tashkilotchilar qaroriga asosan muddat uzaytirilishi mumkin).
5.3. Ishtirokchilarni saralash va baholash jarayonlari ikki hafta muddatda Soha ekspertlaridan tashkil topgan Komissiya aʼzolari tomonidan suhbat asosida amalga oshiriladi hamda akseleratsiya bosqichi uchun 18 ta eng yaxshi ishtirokchini SMM, Dizayn va IT sohalari kurslariga qabul qilinadi va 3 guruhda 6 tadan ishtirokchi tanlab olinadi. Ishtirokchilar soni qizlar umumiy ishtirokchilar orasida 50 foizdan kam boʻlmagan holda saralab olinadi.

5.4. Dasturning ikkinchi bosqichida 18 ta ishtirokchi belgilangan sohalar boʼyicha va belgilangan joyda 1 oy davomida taʼlim jarayonlari oʼtkaziladi.
5.6. Dasturning toʻrtinchi bosqichida dastur ishtirokchilari taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilarni taqdirlash marosimi Namangan viloyati Yoshlar markazida tashkil etiladi.
5.6.1. Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilarni ishga joylashishiga koʻmaklashish;
5.6.2 Ishtirokchilar Tashkilotchilarga oʻz chiqishlarining foto va video materiallaridan, shu jumladan yuzlarini yaqindan suratga olish, Tashkilotchilar rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirish, videoroliklarni yaratish, shuningdek, Tanlovni ommalashtirish va targʻib qilishga qaratilgan materiallardan foydalanish huquqini beradilar.

6. Ekspertlar komissiyasini tashkil etish.
6.1. Arizalarni mezonlarga muvofiq baholash uchun dastur guruhining tayinlangan kuzatuvchisi rahbarligida ishchi komissiya tashkil etiladi
6.2. Ishchi komissiya tomonidan nomzodlarni belgilangan 8-banddagi mezonlar asosida individual suhbat oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi.

7. “Digital acceleration” dasturida ishtirok etish mumkin boʻlgan sohalar va yoʻnalishlar.
7.1. “Digital-acceleration.uz” dasturida zamonaviy kasblarning quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinadi:
SMM (social media marketing)
Dizayn
IT (noCode)

8. “Digital acceleration” dasturida ishtirokchilarni tanlashning umumiy mezonlari.
9. Dasturni tayyorlash va oʻtkazishni tashkil etish va moliyalashtirish.
9.1. Dasturni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar tashkilotchilarning hisobidan amalga oshiriladi.
9.2. Tanlov oʻtkaziladigan joyga borish va qaytish uchun transport xarajatlari, ovqatlanish, turar joy, madaniy-maishiy faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar ishtirokchilarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
9.3. Dasturda qatnashish uchun ariza yuborgan, lekin, gʻolib deb tan olinmagan ishtirokchilar dasturda oʻz xohishiga koʻra ishtirok etishlari mumkin. Bunda 9.1. va 9.2. banddagi xarajatlar ishtirokchilar tomonidan amalga oshiriladi.

10. Yakunlovchi qoidalar
10.1. Dastur yakunlangandan soʻng gʻoliblarning faoliyati tashkilotchilar tomonidan monitoring qilinadi.
10.2. Dastur ishtirokchisi tomonidan natijalar boʻyicha bildirilgan eʼtiroz va shikoyatlar nazorat guruhlari tomonidan qonunchilik hujjatlari hamda ushbu nizom tartibiga muvofiq amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
10.3. Nazorat guruhi dastur ishtirokchilarining eʼtiroz va shikoyatlarini qonunchilik hamda ushbu nizom talablaridan kelib chiqib mustaqil koʻrib chiqadi.
10.4. Tashkilotchilar va dastur komissiyasining qaroriga asosan ishtirokchilarga qulaylik yaratish va dasturni samarali tashkil etilishini taʼminlash maqsadida dastur nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
10.5. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Dastur haqida