Namangan viloyati, Kosonsoy tumanining Obodon va Xonqoʻrgʻon mahallalari va Yangiqoʻrgʻon tumanining Qayroqi va Doʻstlik mahallalari, Andijon viloyati, Marhamat tumanining Yoʻlamatol va Qorabogʻich mahallalarida 13.09-15.09 gacha yuqorida keltirilgan 6 ta mahallalarning har birida 100 ga yaqin yoshlar o‘rtasida uch kunlik seminar-treninglar tashkil etilib, u yerda ishtirokchilarning ITga oid dastlabki bilim va ko‘nikmalari o‘rganildi hamda davra suhbatlar tashkil etildi

Saralash
BMT ning Аholishunoslik jamgʼarmasi (UNFPA) hamda Oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida BMT Bosh kotibi Tinchlik oʼrnatish jamgʼarmasi (PBF) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Oʼzaro hamkorlik orqali Oʼzbekiston va Qirgʼizistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish” nomli loyihasini amalga oshirish loyihasi doirasida, Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan tashkillashtirilayotgan Namangan viloyati, Kosonsoy tumanining Obodon va Xonqoʻrgʻon mahallalari va Yangiqoʻrgʻon tumanining Qayroqi va Doʻstlik mahallalari, Andijon viloyati, Marhamat tumanining Yo’lamatol va Qorabogʻich mahallalaridagi 18-30 yosh oraligʻidagi yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish “Digital acceleration” dasturi olib borildi.
Yuqorida ta'kidlab o'tilgan mahallalarda yoshlar va ularning oilasi bilan suhbat qilindi. Hamda IT kasblarga qiziqishi bo'lgan yoshlar ro'yxatga olindi.

Birinchi bosqich yakunida malakali hakamlar tomonidan berilgan savol-javoblar va kasting natijasida munosiblar tanlab olindi hamda 18 nafar ishtirokchi dasturning ikkinchi bosqichiga oʻtish uchun saralab olindi va dalolatnomalar tuzildi
Dastur haqida
Dastur haqida