Bizning maqsadimiz chegara oldi
hududlardagi yoshlarga zamonaviy kasblarni o'rgatish va ularni bandligini ta'minlashdan iborat
Dastur tashkilotchilari
Hamkorlarimiz
Axborot hamkorlari
Yangliklar
Ishtirkochilarni fikrlari
"Digtal acceleration" dasturidan
Master-klassdan ajoyib suratlar
"Digital acceleration" dasturi davomida yana bir bor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bilim-ko‘nikma berish, ertangi kunlari uchun aniq maqsadlar qo‘yish, rivojlanishi maqsadida seminar-trening mashg'uloti bo'lib o'tdi!

— Mashg'ulot O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan olima. Ilm - fan va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan uyushtirilgan “Startup” tanlovining g‘olibi, “Kitob almashinuvi” va "Anjir.jt" ijtimoiy loyihalarning koordinatori, shu jumladan "Jahon Bank" ning Milliy-mahalliy konsultati Barno Artikhodjayeva chekka hududlarda istiqomad qiluvchi, zamonaviy kasblar hali rivojlanmagan mahallalardagi yoshlarning hech kimdan kam emasligini va Gender tengligi haqida o'zining esda qolarlik, ruhlantiruvchi gaplari bilan yoshlarimizning e'tiborini qozondi!
Bundan tashqari Dora kompaniyasining 130 dan ziyod bizneslarning marketingini rirovlantirib kelayotgan, 2 yillik tajribaga ega Marketolog Diyorbek Jalolov esa yoshlarga Marketing sohasiga kirish, mijoz bilan qanday muloqot qilish, SMMdagi xatolar kabi aktual mavzularda suhbat olib bordi.

🔥O'tkazilgan seminar-trening davomida barcha yoshlarga mehmonlar tomonida esdalik kitoblari taqdim etildi.
ZAMONAVIY KASBLARGA O‘QITISH
Dasturning asosiy maqsadi BMT ning Аholishunoslik jamgʼarmasi (UNFPA) hamda BMT Bosh kotibi Tinchlik oʼrnatish jamgʼarmasi (PBF) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Oʼzaro hamkorlik orqali Oʼzbekiston va Qirgʼizistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish” nomli loyihasini amalga oshirish loyihasi doirasida Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan tashkillashtirilayotgan Namangan viloyati, Kosonsoy tumanining Obodon va Xonqoʻrgʻon mahallalari va Yangiqoʻrgʻon tumanining Qayroqi va Doʻstlik mahallalari, Andijon viloyati, Marhamat tumanining Yo’lamatol va Qorabogʻich mahallalaridagi 18-30 yosh oraligʻidagi yoshlarni zamonaviy kasblarga (SMM, IT , Dizayn yo’nalishlarida) oʻqitish “Digital acceleration” dasturi.
18 ta
Ishtirokchilar
9
Umumiy Guruh
3 ta
SMM guruhi
3 ta
IT (no code) guruhi
3 ta
Grafik dizayn
Dastur haqida